Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab hasharlar o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ishchi-xodimlari ishtirokida ham ana shu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hashar tashkil etildi.

Hashar davomida majmua hududi va unga qarashli barcha obyektlarda gul va daraxt ko‘chatlari ekish, daraxt va butalarga shakl berish, quduqlar va ariqlar ichini tozalash, yo‘l cheti to‘siqlarini (bardyorlar) oqlash, qurilmalar hududi va atrofini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati