O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 fevraldagi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi» 57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda 2023-2024 yillar davomida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Ishlab chiqilgan chora-tadbirda belgilab olingan rejaga ko‘ra, elektr energiyasini tejash bo‘yicha bajariladigan ishlar natijasida yiliga rejaga nisbatan 15% elektr energiyasi tejab qolinishi kutilmoqda. Bundan tashqari yil davomida vodorod gazi 44%, metan gazi 6%, siqilgan propan-butan 100%, regeneratsiya gazi (metan+vodorod) 1.5%, issiqlik energiyasi 7%, suv 4% miqdorda tejalishiga erishilishi kutilmoqda.

Shuningdek, majmua obyektlariga ishlab chiqilgan chora-tadbir rejasiga asosan, umumiy quvvati 2.04 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilgach yiliga 4,430 ming MVt, quyosh suv qizdirgichlari o‘rnatish orqali 4.0 ming MVt, chastotani rostlash qurilmasini o‘rnatish orqali 878 ming kVt, texnologik qurilmalarni uzluksiz ishlash jarayonlari vaqtida energiyadan samarali foydalanish natijasida 3,838 ming MVt, mavjud har xil quvvatli ko‘cha yoritish chiroqlarini zamonaviy quyosh batareyali chiroqlarga almashtirish orqali 331 ming kVt, yoritish chiroqlariga harakatlanish datchiklari o‘rnatish orqali 6,4 ming kVt, texnologik jarayonlarda ishlatilayotgan mavjud elektr nasoslarni ishdan to‘xtatish orqali 266 ming kVt, nasos stansiyalaridagi mavjud nasos agregatlarini iqtisodiy samaradoriga almashtirish orqali 3,828 ming MVt elektr energiyasi tejalishi kutilyapti.

Qozon va pech yoqilg‘isini monitoring qilib, texnologik qurilmalardan oqilona foydalanib, suv isitish qozonlarini rejim kartalariga asosan ekspluatatsiya qilinishi natijasida, 6 264 400 m3 gazlarni tejalishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarishda hosil bo‘layotgan past bosimli bug‘ga yilning issiq vaqtlarida iste’molchi bo‘lmaganligi sababli qayta tizimga qaytarish, havo bilan sovitish apparatlariga berilayotgan deminerallashgan suv miqdorini forsunkalarni o‘zgartirish, yomg‘ir, qor suvlarini, deminerallashgan suv tayyorlash qurilmasidan chiqayotgan konsentrat oqova suvlarini va maishiy xo‘jalik suvlarini qayta ishlatish orqali 425 568 tonna suvni tejash rejalashtirilgan.

Shuningdek, majmuada mavjud bir qator avtotransport vositalarini gaz  yoqilg‘i turini o‘zgartirish va suyuq uglevodorodlarni tashishda avtotransport xarajatini qisqartirish evaziga avtomobil yoqilg‘isini tejash masalalari ham majmua mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati
 |web-sayt|telegram|YouTube|