O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Lochin” bolalar dam olish oromgohida 2023 yilning birinchi mavsumi boshlandi.

Oromgohda yosh avlodni har tomonlama barkamol tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, sport bilan shug‘ullanishi va maroqli dam olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

2023 yilgi "Lochin - yosh sehrgarlar maktabi" deb nomlangan mavsumning birinchi oqimida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ishchi-xodimlarining 700 nafardan ortiq farzandlari, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va "mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari hamda turdosh korxonalar xodimlarining farzandlaridan iborat jami 970 nafar bolajonlar dam olishmoqda.

Oromgohda bolalarning o‘qishdan tashqari vaqtini sermazmun o‘tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta’minlashga qaratilgan 15 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Shahrisabz shahrining purviqor tog‘lari bag‘rida joylashgan "Lochin" bolalar dam olish oromgohida 12 kunlik dam olish, bolajonlarning hayotida unutilmas xotiralar, yaxshi taassurotlar bilan esda qolishi uchun oromgoh ma’muriyati astoydil harakat qilishmoqda!

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|