5-iyun "Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni"

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun jahon miqyosida dolzarb bo‘lgan ekologik muammolar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi. Yillar osha mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib kelib, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-yerimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMT Bosh Assamlbleyasi tomonidan 1972-yil Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Insoniyat muhiti mavzuidagi konferensiyada joriy etilgan.

Mazkur sana nimaga muhim?

insoniyat farovonligi, atrof-muhit sog‘lomligi, iqtisodiyot samaradorligi yerimizda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorona foydalana olishimizga bog‘liqdir.

Ushbu sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo‘lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo‘lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to‘g‘risida chuqur o‘ylashimiz, yer-sharimizni yanada go‘zalroq, sog‘lomroq qilish yo‘llarini izlashimiz lozimdir.

Mazkur sanani nishonlashda butun dunyo bo‘ylab 70 dan ortiq mamlakatlarda millionlab odamlar ishtirokida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi. Har yili keksa va yosh faollar turli ko‘rgazmalar, atrof-muhitni tozalash ishlari, hasharlar, konsertlar, OAV ishtirokidagi bir qator tadbirlar, turli tanlov va musobaqalar tashkillashtirishda qatnashadilar.

 

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz