Yangilangan “Markaziy” stadionda “Nasaf” ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

6-Iyun, 2017-yil O‘zbekiston yangiliklari

2017-yilning 5-iyun kunida Qarshi shahrining “Markaziy” stadionida “Nasaf” futbol klubi tomonidan yangilangan stadiondagi ilk mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda “Nasaf” FK'ning rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 2016-yilning 30-iyundagi tashrifi davomida Qarshi shahrining “Markaziy” stadioniga bo‘lgan tashrif davomida takliflar va ko‘rsatmalar bergan edi. “Nasaf” futbol klubi “Markaziy” stadionida oxirgi uchrashuvni “Navbahor” futbol klubiga qarshi 2016-yilning 22-oktabr kuni 26-tur doirasidagi o‘tkazgan edi. Shundan keyin bo‘lgan barcha uchrashuvlar G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadioniga ko‘chirilgan edi. Ushbu 8 oylik davr mobaynida “Markaziy” stadionga keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopilgan. Hozirgi vaqtga kelib stadionning yangi chim yotqizilgan maydoni o‘yinga tayyor bo‘ldi. Klub futbolchilari ilk marta yangilangan stadionga mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Rekonstruksiya ishlari davom etayotgani tufayli “Markaziy” stadionda “Nasaf” FKning uy uchrashuvlari keyinroq boshlanadi. Hozirda bu jarayon tugallanish arafasida.

Saytda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 30-iyun kunida klubning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi ilk uchrashuvi “Markaziy” stadionda o‘tkazilishi mumkin. Bu rejaligi haqida aytilgan va yaqin kunlarda aniqlik kiritilib, ma’lumot berilishi aytib o‘tilgan.

Mashg‘ulot vaqtida “Nasaf” FK Prezidenti, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” direktori - Odil Temirov ham stadionga tashrif buyurdi. Tashrif davomida murabbiy va futbolchilar bilan uchrashib, qisqa suhbat ham uyushtirildi.