Aziz Vatandoshlar!
Qadrli hamkasblar!

Sizlarni Muqaddas Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Ushbu bayram saxovat, bag‘rikenglik, yaqinlarimizga e’tibor, xayrli ishlar kabi insoniy fazilatlarning alohida qadr-qimmatini eslatadi.

Oilangizda farovonlik va totuvlik hukmronlik qilsin! Sog‘lik-salomatlik, baxt, muvaffaqiyat hamrohingiz bo‘lsin! Barchangizga tinchlik-totuvlik tilaymiz!

Hurmat bilan Shurtan gaz kimyo majmuasi ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi.