"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlar orasida milliy dunyoqarashni yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi amalda" mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida, majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan, bugungi kunda yurtimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar borasida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng,  Prezidentimiz topshirig‘iga asosan amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyasining mazmun-mohiyati, inson qadr-qimmati, Vatan sog‘inchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho ne’mat ekanligi haqida hikoya qiluvchi “Tutqunlik” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “Mehr”  operatsiyalari doirasida  2019 yilning may oyidan boshlab,  Yaqin Sharqdagi urush o‘choqlaridan 531 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Shuningdek ushbu tadbir davomida, Shurtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 1-saralash bosqichi "B" guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Avtomatika", Erkatoy maktabgacha ta’lim muassasasi qizlaridan tashkil topgan "Erkatoy", Mexanik ta’mirlash sexining "Mexaniklar" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra "Erkatoy" jamoasi 5 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining 1-saralash "B" guruhi  bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shouning bellashuvida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan, "Erkatoy" jamoasi a’zosi Usmonova Azizaga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati