Yangiliklar

“Nuriston” sport majmuasi binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Nishon tumani Nuriston shaharchasi hududida joylashgan SHGKM balansida boʻlgan Nuriston shaharchasi uy-joydan foydalanish xizmatining “Nuriston” sport majmuasi (Sport-sogʻlomlashtirish markazi) binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Batafsil…

2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan boʻlib oʻtgan konferensiyasi

2019 yil 25 mart kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi va 2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan Konferensiya oʻtkazildi.

Batafsil…

Barcha jismoniy va yuridik ishbilarmon va tadbirkor shaxslar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF 5552-sonli Farmoniga asosan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tomonidan ochiq auksion savdolarga chiqarilgan obyektlarni sotib olish uchun taklif etadi.

Batafsil…

Navro’z bayrami munosabati bilan tabrik

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Batafsil…

Papaya – daromad manbai

Ichki suv taʼminoti sexida barpo etilgan issiqxonada sex boshligʻi Oʻ.Normurodovning tashabbusi va sex ishchisi A.Qayumovning yoʻl-yoʻriqlari asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.

Batafsil…

Xorijiy hamkorlarning tashrifi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi B.Sidikov tomonidan 2019 yil 11 martda tasdiqlangan dasturga binoan joriy yilning 12-13 mart kunlari TOO “Kazakhstan Petrochemical Industries Inc” kompaniyasi mutaxassislarining majmuaga tashrifi boʻlib oʻtdi.

Batafsil…

Aziz ayollar!

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi nomidan Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish faslining ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin koʻngildan tabriklaymiz. Barchangizga ushbu qutlugʻ ayyomda oilangizga toʻkin-sochinlik, qut-baraka va osoyishtalik baxsh etishini tilab qolamiz!

Batafsil…

Maroqli sayoxat

Tong mahali joʻnagan avtobuslar Qarshi shahrini keng koʻchalaridan Toshkentga qarab yoʻl oldi. Avtobuslarda katta xarflar bilan Marakand ekspress yozuvi ostida “Oʻzbekiston boʻylab sayoxat qil” chakirigʻibizni ruhlantirdi.Yangi xizmatga shay avtobuslar komfort sharoitda jihozlangan boʻlib, biz xotin-qizlar uning birinchi yoʻlovchilari boʻldik.

Batafsil…

Harbiylar va yoshlar uchrashuvi

Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik tuygʻusida tarbiyalash, ularni xalqimiz kelajagida dahldorlik hissida voyaga yetkazish, yurtimizning harbiy salohiyati va Vatan himoyachilarining jangovar shayligi bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni majmua yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli polkovnik Abdulla Adhamovich komandirlik qilayotgan harbiy qismda majmua yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Batafsil…

“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda

“Shurtan” GKM xotin-qizlar qoʻmitasi boshlagan“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda. 2019 yil 12 fevral kuni majmua seh, boʻlim ish yurituvchilari bilan alohida hamda ishchilar shaharchasi maishiy xizmat koʻrsatish xodimalari ishtirokida keyingi trening-davra suxbati oʻtkazildi. Trening davomida ishtirokchilar “Toʻgʻri yashash nima?” savoli atrofida munozara olib borib, inson yashaganda xam yaxshi yashash uchun muhim boʻlgan xususiyat va jihatlar haqida maʼlumotlar olishdi.

Batafsil…