Har yili 20-oktyabr "Xalqaro oshpazlar kuni" sifatida nishonlanadi. 

Xalqaro sana 2004-yilda Butunjahon oshpazlar jamoalari uyushmasi tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

Ushbu sana munosabati bilan Shurtan gaz kimyo majmuamizda faoliyat yuritayotgan zahmatkash, mehribon va shuning bilan birga "qo‘li shirin" oshpazlarimizni majmuaning ko‘p ming sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sharafli ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kasb bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlar!

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ jamoasi