Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrdagi "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish daraxt muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" PF-46-sonli Farmoniga muvofiq, "O‘zbekneftgaz" AJ ning 2021-yil 20-dekabrdagi 72/5-29-sonli qo‘shma qaroriga asosan "O‘zbekneftgaz" AJ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Sho‘rtan yashil makon” MCHJ tashkil etildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ va "Uzbekistan GTL" zavodi hududida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ilk ko‘chatlarni viloyat hokimi, nuroniy otaxonlar va majmua rahbariyati vakillari tomonidan tashkil etilayotgan bog‘ning ilk ko‘chatlari ekib berilgan bo‘lib, qolgan 120 gektar yer maydonida "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibidagi barcha tashkilotlar tashabbusi bilan 68 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlarni shu kunga qadar sug‘orish va parvarishlash ishlari bilan bir qatorda “Sho‘rtan yashil makon” MCHJ tomonidan qo‘shimcha 11 ming 228 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekildi. Jamiyat tashkil topgan kundan boshlab, tezlikda ko‘chatchilik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yilib, hozirda ichki imkoniyati bilan 500 mingdan ortiq manzarali ko‘chatlar yetishtirilmoqda.

“Sho‘rtan yashil makon” MCHJda shtat birligi asosida 500 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.

Shuninndek, Shurtan gaz kimyo majmuasi hududidagi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Shurtan gaz kimyo majmuasi suv ombori yuqorisidagi 120 gektarlik maydon, 20 gektarlik pavlovniya plantatsiyasi va Sho‘rtan Alanga-siquv kompressor stansiyasi yo‘l yoqasidagi 200 gektardan ortiq ko‘chat ekilgan yer maydoni, umumiy qilib aytganda 340 gektar yer maydonida suvni tejash texnologiyasi tomchilatib sug‘orish tizimi to‘liq tugatilib, hozirgi kunda 5 ta nasos stansiyalarni qurilish montaj ishlari yakunlanish arafasida. Bundan tashqari ishchi xizmatchilarga sharoit yaratib berish maqsadida 7 ta dala shiyponlar qurilishi boshlab yuborilgan.

Hozirgi kungacha "Sho‘rtan yashil makon" MCHJ tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
- 20 gektar yer maydoniga "Shangtong" navli pavlovniya nihollari ekilib, plantatsiyasi barpo etildi.

-Uzumchilikni rivojlantirish maksadida 100 ming dona uzum qalamchalari ekilib tomirlatish uchun parvarishlanmoqda, kelajakda tokzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.

- "Lucium barbarium" navli qizil "GODJI" bog‘i uchun yer maydon ekishga tayyorlab qo‘yildi.
-"Sho‘rtan yashil makon" muhandis texnik xodimlari tashabbusi bilan o‘z hisoblaridan 50 kg zafaron piyozi olib kelinib, ko‘paytirish maqsadida ekildi. Kelajakda "Stiviya" va boshqa dorivor o‘simliklaridan ham ekib, parfyumeriya va farmasevtika rivoji uchun xom ashyo mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtirishgan.

“Sho‘rtan yashil makon” MCHJ faoliyatini rivojlantirish maqsadida:

• 1 gektar yer maydonida 4 ming dona "Godji "o‘simligini yetishtirib Godji plantatsiyasi tashkil qilish;

• 1,5 gektar yer maydoniga 150 ming tup tok qalamchalarini tomirlatish orqali 2023-yilda uzumchilik plantasiyasi tashkil qilish;

• 1 gektar maydonga Stiviya va boshqa dorivor o‘simligini yetishtirish rejalashtirilgan.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan ushbu loyiha natijasida, G‘uzor cho‘llari bag‘rida joylashgan neft va gaz klasterining yashil qalqonini yaratish borasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz