Majmuada olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari jarayonida ishlab chiqarish texnologik hududlaridagi issiqlik almashinish qurilmalari, quritgichlar va shu kabi bir qator qurilmalarda ta’mirlash tozalash va texnik ko‘rik ishlari olib borilmoqda.

Rejali joriy ta’mirlash ishlariga majmua ishchi-xodimlari bilan bir qatorda gaz qutqaruv xizmati xodimlari ham jalb etilgan bo‘lib, hozirda ta’mirlash jarayoni jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, majmuaning asosiy texnologik qurilmalaridan biri bo‘lgan gaz turbinali kompressorning "D" bosqich kapital ta’mirlash ishlari majmuaning o‘zida amalga oshirilmoqda. Ta’mirlash ishlariga "Sho‘rtan GKM" hamda "Siemens" kompaniyasining malakali mutaxassislari jalb etilgan.

Mazkur gaz turbinali kompressorning "D" bosqich kapital ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, majmuada olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari yakuniga qadar ishga tushirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz