Ayollar professional jamoalari o‘rtasidagi "O‘zbekiston kubogi-2023" finalida «Sevinch» jamoasi "OKMK-W" jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Natijada "Sevinch" jamoasi 12-bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanib, tugallanayotgan mavsumda O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston kubogi va O‘zbekiston superkubogi sohibi bo‘lib, trebl qayd etdi! 

Mutlaq g‘alaba bilan "Sevinch" jamoasining barcha a’zolarini va muxlislarini "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ko‘p ming sonli ishchi-xodimlari nomidan tabriklaymiz!

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati