“O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi” Davlat unitar korxonasining 2023-yilning 23-fevraldagi M-63-sonli buyrug‘iga asosan, 2023-yil 2-3-mart kunlari “O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi” Davlat unitar korxonasining baholash komissiyasi tomonidan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning Sanoat xavfsizligi va texnik nazorat xizmati tarkibidagi Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyasi O‘zDSt 3410:2019 standarti talablariga muvofiqligi va texnik jihatdan malakaliligi maqullashdan o‘tkazildi.

Ma’qullash jarayonida, Markaz tomonidan so‘ralayotgan faoliyat sohasida sinov yoki o‘lchovlarni o‘tkazish uchun laboratoriyada yetarlicha shart-sharoitlarning va malakali xodimlarning mavjudligini aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Ma’qullash davomida baholash komissiyasi tomonidan quyidagi talablar va shartlar qo‘yilgan edi:
 - ma’qullash tartibidan o‘tishga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, normativ-huquqiy hujjatlarga majburiy rioya qilish;
 - laboratoriya faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan egalik yoki boshqa mulkiy huquq, shuningdek, ijara huquqi asosida bino va inshootlar, texnik, texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
 - texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit shart-sharoitlari mavjudligi;
 - so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinovlar o‘tkazilishini ta’minlaydigan sinov, o‘lchov vositalari, standart namunalarning mavjudligi;
 - malakasi ma’qullash jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va so‘ralayotgan ma’qullash sohasida malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlanganlig;
 - so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinov usullarini tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarning mavjudligi va boshqalar.

O‘zDSt 3410:2019 “Sinov laboratoriyalarning texnik jihatdan malakasiga qo‘yiladigan umumiy talablar” davlat standartiga muvofiq, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyasida o‘tkazilgan baholash natijalari bo‘yicha komissiyaning 2023-yil 3-martdagi 63-sonli dalolatnomasining xulosasiga ko‘ra, baholash natijasida nomuvofiqlar aniqlanmadi.

O‘tkazilgan baholash natijasida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyasining faoliyati O‘zDSt 3410:2019 standarti talablariga muvofiq deb topildi va 2023 yil 06 martdagi ML.1049-raqamli ma’qullash sertifikati taqdim etildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|