Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada katta yutuqlarga erishilmoqda.

Xususan, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sportning shaxmat turini keng targ‘ib qilish hamda uni ommaviylashtirish maqsadida tashkil etilgan onlayn "Tezkor shaxmat chempionati-2023" doirasidagi uchrashuvlar ayni paytda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan musobaqada majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 24 nafar ishchi-xodimlar 23 ta tur doirasida o‘zaro bellashishlari rejalashtirilgan.

O‘tayotgan onlayn chempionat reglamentiga ko‘ra har bir ishtirokchi musobaqa ishtirokchilari bilan bir martadan o‘yin o‘tkazib chiqadi va to‘plangan ochkolar natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Hozirgi kunga kelib musobaqaning 12 turi ortda qoldi va turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Malumot uchun, shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi tezkor tarzda bo‘lib har bir ishtirokchiga 3 daqiqadan vaqt ajratiladi va har bir harakat (xod) uchun qo‘shimcha 2 soniya qo‘shib beriladi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|