Shurtan gaz kimyo majmuasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, qolaversa sex, xizmat, tarmoq va bo‘limlararo jamoaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida hamda Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami munosabati bilan 40 yoshdan katta bo‘lgan xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilgan "Mustaqillik kubogi-2023" turniri o‘z yakuniga yetdi.

Turnirda majmuaning turli xil sex, tarmoq, xizmat va bo‘limlaridan tashkil topgan 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan mazkur musobaqada Ichki suv ta’minoti, Tashqi suv ta’minoti, Elektr ta’minoti sexlari va Bosh energetik xizmatining birlashgan "ENERGETIK" jamoasi 1-o‘rinni, Uy-joydan foydalanish xizmati, Ijtimoiy rivojlantirish xizmati, Omborlarni boshqarish xizmatining birlashgan "SHGKM CITY" jamoasi 2-o‘rinni, "Qarshitermoplast" sexi va Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining birlashgan "AVTOPLAST" jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakuniga bag‘ishlangan tadbirda majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek ushbu musobaqada bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ham taqdirlandilar:

Turnirning eng yaxshi darvozaboni - QURBONOV SHAVKAT - "AVTOPLAST" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi himoyachisi - AXMЕDOV JASUR - "ENERGETIK" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi hujumchisi - JABBOROV XURSHID - "AUP" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi - CHORSHANBIYEV ESON - "SHGKM CITY" jamoasi;

Turnir to‘purari - ASLANOV SHUXRAT - "AUP" jamoasi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati