Aziz yurtdoshlar! 

Barchangizni Shurtan gaz kimyo majmuasi jamoasi nomidan yurtimizda "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! " shiori ostida keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi O‘zbekiston ravnaqi, yurtimiz obodligi, xalqimiz saodati yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, kuch-quvvat, mustahkam sog‘lik, metindek iroda tilaymiz! 

Doimo jonajon Vatanimiz uchun sadoqat bilan mehnat qilish – oliy  maqsadimiz bo‘lsin! 
Ozod va obod Vatanimizga ko‘z tegmasin! Istiqlol ruhi, yangilanishlar shukuhi hamisha yor bo‘lsin! 

Xonadonlaringizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka va qalbingizni samimiyat hech qachon tark etmasin! 

Hurmat bilan,

Shurtan gaz kimyo majmuasi jamoasi