"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi D-guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda Yoshlar ittifoqi SHGKM boshlang‘ich tashkilotining "UNIVERSAL", Majmua Poliklinikasining "ADRENALIN" hamda "Shurtan Yashil makon" MCHJning "GREEN AREA" jamoalari ishtirok etishdi.

Ishtirok etgan jamoalar ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi va shart mezonlari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Shartlar yakuniga ko‘ra "Shurtan Yashil makon" MCHJning "GREEN AREA" jamoasi D-guruh bellashuvida eng yuqori ochko to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritgani holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Majmua Poliklinikasining "ADRENALIN" jamoasi ikkinchi, Yoshlar ittifoqi SHGKM boshlang‘ich tashkilotining "UNIVERSAL" jamoasi uchinchi o‘ringa egalik qildilar.

“Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi "D" guruhi bellashuvi natijalari:

Tanlov yakunida ishtirok etgan jamoa a’zolariga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bellashuvning eng faol o‘yinchisi sifatida"ADRENALIN" jamoasi a’zosi Chulliyeva Inobat Djumayevna va "GREEN AREA" jamoasi a’zosi Meyliyeva Flyura Shuxratovna e’tirof etilib, majmua Bosh direktori tomonidan esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati