Joriy yilning 22 noyabr kuni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 1-saralash bosqichi "H" va "I" guruhi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki bellashuv "H" guruhidan joy olgan Zavod markaziy laboratoriyasining  "KIMYOGAR", Uy-joydan foydalanish xizmatining "BORIGA BARAKA", Maishiy xo‘jalik xizmatining "UNIVERSAL" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi 4 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.
"BRЕYN RING" intellektual shousining 1 saralash "H" guruhi bellashuvi natijalari:

Kunning ikkinchi o‘yini "I" guruhidan joy olgan majmua faol yoshlarining "RENESSANS", Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmatining "RAILWAY", Tayyor mahsulot va xom ashyo sexining "KONDENSAT" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmatining "RAILWAY" jamoasi 4 ball bilan bellashuv g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
"BRЕYN RING" intellektual shousining 1 saralash "I" guruhi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvlar davomida tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati