Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoyalovchi moliyaviy va nazorat institutlari diqqat markazida. Shu bois, mamlakat rahbari tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti ijrosini taminlash maqsadida "TÜV AUSTRIA" (Avstriya) kompaniyasining auditorlari tomonidan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ faoliyati "ISO 37001:2016" xalqaro standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra, majmua faoliyati va unda joriy etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro talablarga muvofiqligi tasdiqlandi hamda "ISO 37001:2016" xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati