Joriy yilning 6-mart kuni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan majmuada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar uchun Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida konsert dasturi tashkil etildi.

Noodatiy tarzda boshlangan tadbirda, ayol-qizlar musiqa sadolari ostida kutib olindi. Mahoratli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, musiqali shou dasturlar tashrif buyurgan xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Konsert dasturidan so‘ng, xotin-qizlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi va tadbirda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktori Shuhrat Aslanov so‘zga chiqib, majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.

Tadbir davomida tashkil etilgan ko‘ngil ochar dasturlar hamda bir guruh san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati