Qadrli ustozlar!

Mehridaryo o‘qituvchi va murabbiylar!

Barchangizga mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Bugun neki yutuqlarga erishayotgan bo‘lsak, shubhasiz bunda Siz qadri baland ustoz va murabbiylarning xizmatlaringiz beqiyosdir!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni, shu jumladan Shurtan gaz kimyo majmuasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, shu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘plab bilimli shogirdlarni yetishtirgan ustoz va faxriylarni ham ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 

Hamisha elimiz va shogirdlar ardog‘ida bo‘ling! Sizni ustoz deya e’zozlagan har bir qalb ulkan ishlar ijodkori, bunyodkori bo‘lsin! Ming ranj bilan parvarishlagan nihollaringiz azim chinorlarga aylansin! Sizning tinim bilmas qo‘llaringiz o‘sha kunlarda ham ezgu duolarda bo‘lsin, aziz ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Shuxrat Aslanov 
"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori