O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yil yetakchisi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

"Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yili doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida tashkil etilgan "Yil yetakchisi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi yoshlar yetakchisi Normurodov Shaxzod Kenjayevich ham ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Sh.Normurodovga "Yil yetakchisi" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritishini tilab qolamiz!

Ma’lumot uchun, Sh.Normurodov 1989-yilda G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013-yildan buyon Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Shuningdek, Sh.Normurodov 2021-yildan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

www.sgcc.uz