Joriy yilnig 6 sentyabr kuni majmuaning katta majlislar zalida O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi boshlig'i N.Chorshanbiyev hamda viloyat “O'zbekkino” birlashmasi rahbari E.Jo'ravlar ishtirokida O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbirda “O'zbekkino” birlashmasi tomonidan sur'atga olingan Afg'on urushi qatnashchilari haqidagi hujjatli filьm namoyish etildi. Shundan so'ng, O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi boshlig'i N.Chorshanbiyev so'zga chiqib, Afg'on urushida ishtirok etgan o'zbek o'g'lonlarining Vatan oldidagi buyuk xizmatlari haqida gapirib, Davlatimiz rahbari - Oliy bosh qo'mondonimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Afg'on urushi qatnashchilari va urushda halok bo'lganlarning oila a'zolariga ko'rsatilayotgan e'tibordan mamnunligini aytib o'tdi.


Ushbu ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda Afg'on urushida mardonovor ishtirok etib, bugungi kunda majmuada o'z mehnat faoliyatini olib borayotgan 17 nafar ishchi-xodimlarga O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan ta'sis etilgan 25 yillik estalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.


Tadbir so'nggida tashrif buyurgan mehmonlar va majmuada faoliyat olib borayotgan jangchi-faxriylar bir piyola choy ustida suhbat olib borishdi.