Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi F-5413-son farmoyishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2018 yilning 25 dekabr kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda Mudofaa Vazirligi toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari Qoʻmondonligi tassarufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi tomonidan majmua ishchi-xizmatchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishga bagʻishlangan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida bayram tadbiri oʻtkazildi.

 

Tadbirda majmua ishchi-xizmatchilariga Mudofaa Vazirligi toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari Qoʻmondonligi tassarufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibining oʻquv amaliy mashgʻulotlari, qoʻl jangi hamda harbiy orkest tomonidan kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.