Joriy yilning 9 sentabr kuni majmuada “Kamolot” YIH Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda viloyat Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobini taqdimotiga bag‘ishlangan ishchi va xizmatchilar bilan suhbat-uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan viloyat Ma’naviyat targ‘ibot markazi boshlig‘i L.Sadatova, “Kamolot” YIH Qashqadaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari M.Shukurova va F.Abduraxmonova o‘z chiqishlarida mazkur kitobdan o‘rin olgan mamlakatimizning mustaqillik davridagi tarixi, taraqqiyoti, bugungi yutuqlari, istiqbolli rejalari, hayotimizning turli sohalardagi sifat o‘zgarishlari, xalqimizning moddiy-ma’naviy qudrati, uning bunyodkorlik dahosi, ajdodlar va kelgusi avlodlar oldidagi muqaddas burch hamda mas’uliyat kabi dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Ushbu asar taqdimoti suhbat-uchrashuv ishtirokchilarida keng qiziqish va ajoyib taassurotlar qoldirdi.