Hurmatli Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati mehnat jamoasi!

Sizlarni, temiryo‘lchilarning kasb bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Temir yo‘llar - yurtimiz iqtisodiyotining "yuragi" hisoblanadi. Zero aholining bir manzildan ikkinchisiga hech bir qiyinchiliksiz yetib olishida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovar hamda mahsulotlarning xorijiy davlatlarga eksport qilinishida temir yo‘llar eng asosiy transport yo‘lagi vazifasini o‘tayotgani barchaga birdek ma’lum.

Shu sababdan ushbu soha mehnatkashlari har qanday maqtovga loyiqdir.

Sizlarni kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor qutlaymiz!

 

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi

 

 

www.sgcc.uz