“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning bo‘yrug‘iga asosan, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali talabalarini rag‘batlantirish va motivatsiya qilish, ularni bilim olishga va ilmiy-tadqiqot faoliyatga jalb qilish hamda intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ “Boshqaruv raisining stipendiyasi” joriy etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining stipendiyasi fuqarolik mansubligidan qat’iy nazar, o‘quv, ilmiy va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirishga hissa qo‘shgan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun beriladi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM)ning 1 barobarida belgilangan bo‘lib, uchinchi kursdan boshlab, boshqa stipendiyalarni olishidan qat’iy nazar, so‘nggi ikki sessiyani “a’lo” baholarga topshirgan talabalarga to‘lanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining stipendiyasi har o‘quv yili uchun har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 tagacha talabaga, 1 sentyabrdan boshlab, 1 yil muddatga har oyda to‘lanadi.

Stipendiatlarga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Sertifikat beriladi va o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng neft-gaz tizimi korxonalariga ishga joylashishlari uchun qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladilar.


“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz