O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 muhim tashabbusidagi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan to'rtinchi tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadidagi Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro'zievning 2019 yil 15 martda tasdiqlangan “Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma'naviy merosini, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan ulug' ajdodlarimizning noyob asarlari hamda hayoti haqida ma'lumotlar berish maqsadida “SMART TIME” intellektual teleloyihasini tashkil etish va o'tkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq 2019 yilning 11 aprel kuni Qashqadaryo viloyat televideniyasida Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi to'g'risida “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ yoshlari ishtirokida “SMART TIME” intellektual teleo'yini o'tkazildi.

120420192.jpg

Ushbu teleo'yinda majmua yoshlari 2 shart asosida o'zaro bellashuv olib borishdi. Birinchi shartda yoshlarimiz Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va “Xamsa” asariga oid savol javoblarda ishtirok etishgan bo'lishsa, ikkinchi shartda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy, davlat boshqaruvidagi ishtiroki, bizgacha yetib kelgan ma'naviy merosi va “Xamsa” asari haqida taqdimot (prezintasiya) o'tkazishdi.

120420193.jpg

“SMART TIME” intellektual teleloyihasi natijasiga ko'ra SS va MX muhandisi Z.Rashidov 1-o'ringa, Etilen ishlab chiqarish цexi kuzatuvchisi Sh.Rasulov 2-o'ringa, NO'A va A цexi texnigi A.Latipov 3-o'ringa loyiq deb topilib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.