Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida zamonaviy "Face control" turniket tizimi oʼrnatildi

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi hududi hamda korxona tasarrufidagi tashqi obyektlarga zamonaviy, tezkor, inson yuzini taniydigan texnik va dasturiy taʼminotlar bilan jihozlangan turniketlar oʼrnatildi.

Mazkur zamonaviy "Face control" tizimi har tomonlama mukammal qurilma boʼlib, u oʼzida panoramali kamera, sezgir (сенсорный и бесконтактный) datchik hamda maxsus ekrandan iborat.

Shuningdek, ushbu tizim inson omilisiz ishlashga moʼljallangan boʼlib korxona ishchi-xodimlari majmua hududi va uning tasarrufidagi tashqi sex va obʼektlariga kirishida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan tirbandliklarni oldini olish, xodimlarni oʼz vaqtida ish joylariga kirib-chiqishlarini nazorat qilish va ichki tartib-intizom qoidalarini nazoratini yanada kuchaytirish, shuningdek, korxona hududiga begona shaxslarni kirishini oldini olish va hudud xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, zamonaviy "Face control" turniket tizimi Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi tasarrufidagi Аvtotransport xizmati, "Qarshitermoplast" sexi, Maishiy xoʼjalik xizmati hamda Uy-joydan foydalanish xizmati (Ishchilar shaharchasi) hududlarida oʼrtanildi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz