Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Qarshitermoplast sexining "Eko-plast", Majmua yosh liderlaridan tashkil topgan "Legion", Etilen ishlab chiqarish sexining "Oniks" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Eko-plast jamoasi

Legion jamoasi

Oniks jamoasi

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Qarshitermoplast sexining "Eko-plast" jamoasi 7 ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz