Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Qorovullik qo‘riqlash xizmati – SOHIBQIRON, Majmua Yoshlar ittifoqi BT - RENESSANS, Majmua poliklinikasi - AVICENNA jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Majmua Yoshlar ittifoqi BT - RENESSANS jamoasi 4 - ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma'muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tgan o‘yin yakuniga ko‘ra bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deya Qorovullik qo‘riqlash xizmatining – SOHIBQIRON jamoasi a'zosi Xidirova Shaxnoza Qarshievna topildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz