Ekoanalitik laboratoriyasi dunyoning yetakchi (Amerika, Germaniya, Shveytsariya, Rossiya) davlatlarining ilg‘or kompaniyalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy asboblar bilan jihozlangan.

Ekoanalitik laboratoriyasi o‘z faoliyati davomida maishiy hamda ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tahlil qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zaharli gazlarni tahlil qilish va SHGKMga yaqin joylashgan aholi yashash punktlari, zovur va suv omborlaridan monitoring o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelyapdi. 

Bundan tashqari ishchilar shaharchasida atmosfera havosini nazorat qilish uchun monitoring xonasi tashkil etilgan bo‘lib, doimiy tarzda tahlil olib boriladi.

Maxsus avtolaboratoriya orqali majmuaga yaqin joylashgan ob’yektlardan Qashqadaryo viloyati ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida suv, atmosfera havosi va tuproq tahlillari bajariladi. 

Majmuaning maishiy va ishlab chiqarish jarayonidan hosil bo‘lgan oqova suvlaridan tahlil bajarish uchun Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadvallar asosida ish olib boradi.

Oqova suv va tuproq tahlillarini bajarishda Spektrofotometr – DR/2010. rN metr –pH197, konduktometr–LF197, oksimetr- Oxi-197, oqova suv tarkibidagi neft msahsuloti aniqlash uchun HORIBA Osma-310 aboblaridan foydalaniladi. 

Majmuaga qarashli ko‘chmas manbadan atmosferani ifloslantiruvchi gazlar bo‘yicha Testo -350, DAG – 500 markali ko‘p komponentli gazoanalizator orqali, majmua ishchilar ishlash hududidan Mini RAE plus, DRAGER 5600Xam, Accuro gazoanalizatorlari orqali tahlillar olib boriladi.

Majmuaning ishchilar shaharchasida atmosfera havosini uzluksiz nazorat qilish uchun monitoring xonasi tashkil etilgan bo‘lib, Thermo Inveromental Instruments ko‘p komponentli gazoanalizatori orqali doimiy tarzda tahlil olib boriladi. 

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJ