"ShGKM Medservis" sog‘lomlashtirish markazi yana o‘z faoliyatini boshladi

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ tasarrufidagi "Medservis" sog‘lomlashtirish markazi karantin tufayli bo‘lgan tanaffusdan so‘ng 2020 yil 5 iyundan yana o‘z faoliyatini boshladi.

Xabaringiz bor, karonavirus pandemiyasi davrida Resublika maxsus Komissiyasi tomonidan 2020 yil 5 iyundan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

“yashil" va "sariq” hududlarda:

✔ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

✔ uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun);

✔ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatiga;

“yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

✔ individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga.

Bunda trenajer zallari va basseynlar obyektlarining doimiy ravishda dezinfektsiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*C va undan yuqori bo‘lgan, infektsiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi;

✔ madaniyat obyektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar o‘tkazish sharti bilan (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniya orqali translyatsiya qilish yo‘li bilan;

✔ ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga.

Bunda xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infektsiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiena va dezinfektsiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

"ShGKM Medservis" sog‘lomlashtirish markazida ichki organlar muammolarini oson yechimini topishga qodir bo‘lgan fizioterapevtik muolajalar ko‘rsatish yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur markazda majmua xodimlari mehnat ta’tili davrida dam olishni boshlab yuborishdi.


“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ va Kasaba uyushma qo‘mitasi

 

 

www.sgcc.uz