Yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining tezkorligi monogofunksialligi asosi, u yerda xizmat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning yuqori malaka talablariga javob berishlari va qolaversa umumiy holatda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi xatti-harakatlariga bog‘liq. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi eng yirik sexlardan biri hisoblangan Polietilen ishlab chiqarish sexi rahbariyati ham, yuqorida biz sanab o‘tgan omillarni inobatga olgan holda sex hududida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona tashkil etdilar.

Kuni-kecha bo‘lib o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot xonasining ochilishida majmua rahbariyati, kadrlar malakasi va ularning haq-huquqlari himoyasiga mas'ul bo‘lgan mutaxassislar va qolaversa sexning bir guruh xodimlari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimi davomi Polietilen ishlab chiqarish sexi yetakchi muhandis mexanigi G‘ayrat Rahmonovning "Polietilen ishlab chiqarish sexi texnologik jarayonlari, jihozlari va aylanuvchi mexanizmlari" mavzusidagi noodatiy namunaviy taqdimoti bilan davom etdi.

Taqdimotning noodatiyligi shundaki muhandis na'munaviy taqdimotda texnologik jarayonlarda ishtirok etadigan priborlar faoliyatini 3D ko‘rinishda aks ettirgan bo‘lib, kuzatuvchilar bir vaqtning o‘zida audiovizual effektni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu jarayon texnologik sohada tahsil olayotgan Oliy ta'lim muassasalari talabalarining sexga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurganlarida, ularda faoliyat to‘g‘risida birlamchi ta'surot uyg‘otish uchun anchayin samarali natija berishi ta'kidlandi, taqdimot kuzatuvchilari tomonidan.

Ma'lumot o‘rnida ushbu xonada sexda xizmat qilayotgan 22 nafar xodim bir vaqtning o‘zida o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan texnologiyaga oid ilmiy adabiyotlar va shuning bilan birga badiiy va huquqiy adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki amaliyot hamda nazariyaning uyg‘unlashishi, xodimlarning o‘zi ustida ishlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yuqori natijalar kafolatidir.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz