2021-yil 15-iyun kuni Toshkentda “IKS Xolding” ko‘p tarmoqli IT-guruhi va Energetika vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ikki kunlik “Yoqilg‘i-energetika majmuasini raqamlashtirish sohasidagi ilg‘or jahon tajribalari” mavzusidagi seminarga start berildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish bo‘yicha 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan Konsepsiya va Yo‘l xaritasini ishlab chiqish loyihasi doirasida tashkil etildi.

Seminarning birinchi kuni, O‘zbekistondagi neft va gaz sanoati korxonalari, ya’ni “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJda jarayonlarni avtomatlashtirish loyihalariga bag‘ishlandi.

Ushbu tadbirda, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligida, Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari va departamentlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Seminar doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati uchun taklif qilingan ma’ruzachilar va jumladan, “Gazprom neft” kompaniyasi vakillari bilan “Raqamlashtirishning amaliy tajribasi. Ochiq muloqot” mavzusida alohida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Asosiy dasturning muhim qismida jamoalarda amaliy ish olib borilib, jahon kompaniyalari tendensiyalari va tajribalari funksional yo‘nalishlar kesimida muhokama qilindi.

Jumladan, Raqamli kon, Konlarni ishlatilishini tahlil qilish tizimi, Raqamli ishchi, Burg‘ilashni boshqarish markazi, Muntazam jarayonlarni avtomatlashtirish (RPA), Xaridlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini joriy etish, Integratsiyalashgan operatsiyalar markazi, Biznes-jarayonlarni tahlili (Process mining), Chatbotlar va raqamli yordamchilar hamda Birlamchi hujjatlarni optik aniqlash doirasida o‘zaro fikr almashildi.

Tadbirning yakuniy qismida, guruhlardagi ish natijalari sarhisob qilindi, potensial loyihalar aniqlandi, ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ustuvor tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi harakatlar kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz