I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neftь va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʼlimi tinglovchilari majmuaning texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJga tashrif buyurdilar.
Ular tashriflari davomida majmuaning bevosita ishlab chiqarish bilan bogʼliq sexlarida boʼlib texnologik jarayonlarni kuzatishga muvaffaq boʼldilar.


Tinglovchilar majmuaning yuragi sanaladigan boshqaruv pulьti xizmatida boʼlib, mazkur xizmatdagi xodimlarning mehnat faoliyatlari, oʼz ishining ustalarining ish jarayonlarini kuzatib ularning mahorat sirlari toʼgʼrisida suhbatlashdilar.
Majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni va qadoqlash jarayonlarini kuzatish boʼlajak neft-gaz sohasini tanlagan yoshlar uchun juda qiziqarli boʼldi.

Katta qiziqish bilan majmuaga tashrif buyurgan yoshlar oʼz ishining ustalaridan mahorat darslari olish baxtiga muyassar boʼldilar.
Majmuamiz mehmonlari polietilen ishlab chiqarish sexida boʼlib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni joʼnatishgacha boʼlgan tayyorlov jarayonlarini kuzatdilar.

Majmuaga sayohatlari davomida katta taassurot olgan I.M.Gubkin nomidagi Rosssiya davlat neftь va gaz universitetining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʼlimi tinglovchilari ushbu sayohatni tashkillashtirishda bosh-qosh boʼlgan “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasiga neftь va gaz sanoati haqida taassurotlarining boyishiga imkon yaratib berganligi uchun oʼz minnatdorliklarini bildirdilar.