Aziz va fidoyi hamkasblar!

Barchangizni xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo‘lagi, ezgulik, mehr-oqibat, saxovat hamda milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan bahor bayrami — Navro‘zi ayyom bilan chin dildan muborakbod etaman!

Tabiatning beqiyos go‘zalligini, ona zaminimizning saxovatini namoyon etadigan bu an’anaviy kun - tinchlik, omonlik, ahillik bayrami sifatida ham xalqimizning sevimli ayyomiga aylangan.

To‘y-tantanalar, bayramlar tinch va osoyishta yurtga yarashadi. Bugun dunyoning turli mintaqalarida notinchliklar davom etayotgan bir vaziyatda, yurtimizdagi tinch va osuda hayotning, xotirjamlikning qadrini yanada teranroq his etmoqdamiz.

Sharqona yangi yilimiz sizga, oila a’zolaringizga va xonadoningizga baxt, quvonch, sog‘lik-salomatlik kelgusi ezgu ishlaringizda ulkan yutuqlar olib kelsin. Vatan ravnaqiga o‘z hissani qo‘shish istagi bilan olg‘a qadam bosayotgan yoshlarimizga esa kuch-g‘ayrat yor bo‘lsin!

Yurtimiz tinch, buyuk va muqaddas Vatanimiz — jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Shuxrat Aslanov
"Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori