“Mexanik alifbosi” ruknidan: Mexanikaning yaralishi, tarixi va rivojlanish davrlari

"Mexanika tasodif emas, balki zaruratdir!"

“Mexanik alifbosi” ruknidan: Mexanikaning yaralishi, tarixi va rivojlanish davrlari

MEXANIKA (yunoncha mechanike (teche)-qurol, inshoot) - tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganuvchi fandir.

Mexanikaning yaralishi neolit (yunoncha neo-yangi va lithos-tosh) – yangi tosh davri va tosh davrining so‘nggi bosqichiga borib taqaladi.

Neolit davri osori-atiqalarining aksariyati miloddan avval 6-3-ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu esa, hozirgi Osiyo va Evropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o‘rganilgan. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan.

Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ovchilik va temirchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashg‘ulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarga asos solingan.

Chaqmoqtoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (o‘q-yoy va nayza paykonlar, parma, pona, arra, bolta, o‘roq, o‘roq randa) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashgan.

Tosh qurollardan keng foydalanilgan. Tosh boltalarni parmalab, dastaga o‘rnatish, silliqlab tig‘ini chiqarish va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga o‘tkazib, shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etilgan.

Olib borilgan izlanishlar natijasida o‘sha davrlardagi ip yigirish dastgohi taxminan shunday ko‘rinishda bo‘lgan.

Neolit davridagi ip yigirish dastgohi

Tosh bolta, pona, o‘roq, o‘roq randa, arra, chopqilar kabi xo‘jalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar-joylar barpo etilib, qayiqlar yasalgan.

Neolit odamining mehnat faoliyatidagi o‘zgarishlar, xo‘jalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy bosqich, fanda “Neolit inqilobi” deb atalgan.

Olimlar o‘z izlanishlari natijasida o‘sha davrning qishloq xo‘jaligi va harbiy sohalarda qo‘llanilgan mexanik uskuna va jihozlarni mana shunday ko‘rinishda bo‘lgan deb hisoblashgan.

Yog‘ochdan yasalgan molotning zamonoviylashtirilgan ko‘rinishi

Yog‘ochdan yasalgan kamon uloqtirish moslamasi

Dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklari hamda o‘troq hayot bilan bog‘liq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga bo‘lgan talab oshib borgan. Shu boisdan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida tog‘lardan yuqori sifatli xom-ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo‘lgan.

Xom-ashyo, dastavval tog‘ yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so‘ngra qazib chiqarilgan. Buning uchun o‘ra va lahmlar kavlanib, konlar barpo etilgan.

Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog‘i yaqinida topib tekshirilgan (mil.av. 5-3-ming yilliklarga mansub).

O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekiston hududida bundan 5-7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari Neolit davrida moslamalarni aylanish qismlarini yog‘ochlardan yasab ishlatila boshlangan.

Masalan: G‘ILDIRAK – mashina va mexanizmlarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladigan detali. Gupchakka o‘rnatilgan disk yoki spitsali chambarak shakliga ega. G‘ildirak mashina yoki mexanizm o‘qida erkin aylanishi yoki unga mahkamlab o‘rnatib qo‘yilishi (o‘q bilan birga aylanishi) mumkin.

G‘ildirakni insoniyat tomonidan uzoq vaqt davomida takomillashtirilishi

G‘ildirak insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxminan mil.av. 4 minginchi yillar o‘rtalaridan oldin ma’lum (Mesopotamiya).

Suriladigan yuk ostiga qo‘yiladigan yog‘och g‘altak molani ilk G‘ildirak deb hisoblash mumkin. Dastlabki g‘ildirak to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qqa o‘rnatilgan diskdan iborat bo‘lgan. Mil. av. 2 minginchi yillarga kelib g‘ildirak ancha takomillashdi: avval spitsali, keyinchalik gupchakli va qayrilma gardishli g‘ildiraklar yaratildi. Keyinchalik g‘ildirak mustahkamligini oshirish maqsadida temirdan yasalgan gardishlar qo‘llana boshlandi. Dastlab, g‘ildirak faqat pishiq yog‘ochdan yasalgan va asosan arava,charxpalak, zambilg‘altak, yog‘och velosipedlarda ishlatilgan.

Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yog‘ochdan tayyorlangan jihozlarning ko‘rinishi

Yog‘och g‘ildirakdan yasalgan va tik aylanuvchi valda o‘rnatilgan o‘roqlar jamlanmasi. Otlarga tirkalib o‘rimda ishlatilgan

Yasalgan yog‘och g‘ildirakli velosiped

Mexanika eng qadimgi fanlardan biri. Bizgacha etib kelgan mexanikaga doir dastlabki qo‘lyozma va ilmiy maqolalar qadimgi Misr va Gretsiya olimlariga taalluqli. Qadimgi saqlanib qolgan kitoblarda turli xil statika (qo‘zg‘almas, turg‘un, muvozanat) masalalariga doir izlanishlar uchraydi.

Birinchi navbatda qadimgi Gretsiyaning buyuk faylasufi Aristotel (384-322) asarlarini ko‘rsatish mumkin. “Mexanika” so‘zini ham dastlab Aristotel fanga kiritgan.

Aristotel o‘zining asarlarida richag va boshqa oddiy mashinalar muvozanati va harakatiga oid umumiy fikrlarni yozadi. U o‘zining nazariy xulosalarini hech qanday tajriba bilan tekshirib ko‘rmagan. U jismga ta’sir “Mexanika” so‘zi grekchadan tarjima qilinganda, “inshoot”, “mashina” degan ma’nolarni bildiradi deb fikr yuritgan. Shu bilan birga Aristotel o‘z zamonasida aytgan “tezliklarni qo‘shish haqidagi teorema” va “havo og‘irlikka ega” degan fikrlari to‘g‘riligi o‘z isbotini topgan.

Qadimgi Gretsiyaning buyuk faylasufi Aristotel (384-322 yy.)

Qadimgi davr suv tegirmoni

Qadimgi grek olimlaridan yana biri mashhur olim Arximed (287-212 yy.) birinchi bo‘lib mexanika muammolarini o‘rganishda matematika usullaridan foydalanadi.

Arximed jismlarning muvozanati va og‘irlik markazi, richagning muvozanati haqidagi qonun, qattiq jism statikasining asosiy printsiplari hamda suyuqliklarning muvozanati haqidagi nazariyaga asos soladi.

Mashhur qadimgi grek olimi Arximed (287-212 yy.)

Arximedning mashhur ixtirolaridan biri “Arximed vinti”

Mexanikaning rivojlanishida O‘zbekiston hududida yashagan ulug‘ mutafakkirlarning ilmiy ishlari ham muhim o‘rin egallaydi.

Abu Rayhon Beruniy (973-1018), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) kabi mutafakkirlar ana shular jumlasidandir.

Ibn Sino “jism holatining o‘zgarishi harakatni yuzaga keltiradi” - deb ko‘rsatadi. Jismlarning fazodagi harakati (mexanik harakat) esa, harakatlarning xususiy holidir.

Ulug‘bek sayyoralar harakatini katta aniqlikda hisoblagan.

Mexanika Uyg‘onish davrida – XV asrning birinchi o‘n yilligida Italiyada, keyinchalik boshqa davlatlarda tez rivojlangan.

Mashhur italiyalik rassom, matematik, mexanik va muhandis Leonardo da Vinchi (1452-1519) mexanizmlar nazariyasini, mashinalardagi ishqalanishlarni, quvurlarda suvning harakatini va qiya tekislikda jismlarning harakatini o‘rgangan.

Fanda revolyutsion to‘ntarish qilgan polyak olimi N.Koopernik (1473-1543) hisoblanadi. U olam tuzilishining geliotsentrik sistemasini keltiradi. Bu sistemaga ko‘ra, markazida Quyosh uning atrofida sayyoralar, shuningdek, Er ham aylanadi.

Dinamikaga fan sifatida italiyalik olim Galileo Galiley (1564-1642) asos solgan. U inertsiya qonunini kashf etib, jismning qiya tekislikdagi harakatini o‘rgangan, jismlarning erkin tushish qonunini kashf qilgan.

Mexanikaning asosiy qonunlarini mashhur ingliz matematigi va mexanigi Isaak Nьyuton (1643-1727) kashf qilgan. 1687 yilda chop etilgan “Natural falsafaning matematik printsiplari” degan kitobida I.Nьyuton klassik mexanika qonunlarini to‘liq sistemasini keltiradi.

XVIII asrga kelib, tez sur’atlar bilan mexanikaning analitik usuli, ya’ni differentsial va integral hisoblash usullari rivojlana boshlaydi. Nuqta va qattiq jism dinamikasi masalalarini avval differentsial tenglamalarini tuzib, keyin ularni integrallash yo‘li bilan echish usullarini buyuk matematik va mexanik L.Eyler (1707-1783) tomonidan ishlab chiqildi.

1743 yilda frantsuz olimi J.Dalamber (1717- 1783) bog‘lanishdagi mexanik sistemalarga ta’luqli masalalarni Dalamber printsipi deb ataluvchi printsip asosida echish usulini keltirib berdi.

Frantsuz olimi J.L.Lagranj (1736-1813) o‘zining “Analitik mexanika” (1788) nomli asarida mexanika masalarini mumkin bo‘lgan ko‘chish printsipini qo‘llash yordamida echish usulini ishlab chiqdi.

XIX asrga kelib, mashinasozlik tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi. Natijada kinematika mexanikadan alohida bo‘lim bo‘lib ajralib chiqadi. Hozirgi paytda mashina va mexanizmlarning harakatlarini o‘rganishda kenimatika asosiy o‘rinni egallaydi.

Mexanika fanining rivojlanishiga o‘zbek olimlaridan: iplar mexanikasi va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga oid qator ilmiy ishlar muallifi M.T.O‘rozboev (1906-1971), inshootlar zaminini hisoblashda va ularni loyihalashda, kema zirhi mustahkamligini aniqlashda qo‘llaniladigan “Raxmatulin to‘lqinlari” nomini olgan to‘lqinlar nazariyasini kashf qilgan X.A.Raxmatulin (1900-1988), tutash muhitlar mexanikasi masalarini algoritmlash, avtomatik boshqarish tizimlarini yaratish sohasida ilmiy ishlar qilgan V.K.Qobulov (1921 yilda tug‘ilgan) larning ulkan hissalari muhim ahamiyatga ega.

 

Maqolani Xudoynazar Allayarov tayyorladi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ

Bosh mexanigi

 

ma'lumotlar internet tarmoqlaridan olindi

www.sgcc.uz