Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi majmua tasarrufidagi "Geolog" MSSMning "Geolog", Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" hamda sex poliklinikasining "ADRENALIN" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

"GEOLOG" jamoasi

"AVTOMATIKA" jamoasi

"ADRENALIN" jamoasi

Murosasiz davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" jamoasi 3-tur bellashuvi g‘olibiga aylandi.

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda odatdagidek tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Ma’lumot uchun, "BREYN RING" intellektual shousining dastlabki 1-tur bellashuvi g‘olibligini Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR", 2-tur bellashuvi g‘olibligini Ichki suv ta’minoti sexining "OBI HAYOT" jamoalari qo‘lga kiritishgan.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz