Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Etilen ishlab chiqarish sexining "99.99", Ichki suv ta’minoti sexining "OBI HAYOT" hamda Tashqi suv ta’minoti sexining "MOHIR SUVCHILAR" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

"OBI HAYOT" jamoasi

"99.99" jamoasi

"MOHIR SUVCHILAR" jamoasi

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Ichki suv ta’minoti sexining "OBI HAYOT" jamoasi 2-tur bellashuvi g‘olibiga aylandi.

Qiziqarli bahs munozaralar hamda musiqiy tanaffuslarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, "BREYN RING" intellektual shousining dastlabki 1-tur bellashuvi g‘olibligini Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR" jamoasi qo‘lga kiritgan edi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ