Shurtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Majmua poliklinikasining - "AVICENNA", Majmua xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining - "BRILLIANT", Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining - "AVTOMATIKA" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Majmua poliklinikasining - "AVICENNA" jamoasi
Majmua xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining - "BRILLIANT" jamoasi
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining - "AVTOMATIKA" jamoasi

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Majmua poliklinikasining - "AVICENNA" jamoasi 6- ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma'muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz