Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Elektr ta’minoti sexining "ENERGETIK", Temir yo‘l sexining "RAILWAY" hamda Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylandi.

"ENERGETIK" jamoasi

"RAILWAY" jamoasi

"KIMYOGAR" jamoasi

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda odatdagidek tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:
Elektr ta’minoti sexining "ENERGETIK" jamoasi - 3 ball;
Temir yo‘l sexining "RAILWAY" jamoasi - 2 ball;
Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi - 5 ball.

Ma’lumot uchun, "BREYN RING" intellektual shousining dastlabki 1-tur bellashuvi g‘olibligini Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR", 2-tur bellashuvi g‘olibligini Ichki suv ta’minoti sexining "OBI HAYOT" hamda 3-tur bellashuvi g‘olibligini Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" jamoalari qo‘lga kiritishgan.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz