Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha “Ayollar spartakiadasi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan G‘uzor tumanida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida majmua xotin-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida bo‘lib o‘tgan spartakiada musobaqalarida majmuaning 100 dan ortiq xotin-qizlari qatnashdi va sportning yengil atletika, voleybol, stritbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, darts kabi turlari bo‘yicha bahslashdi.

Tadbirda majmua Bosh direktori Shuxrat Aslanov tomonidan majmuada xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ayol sportchilar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida sportning voleybol turi bo‘yicha Erkatoy 1-2 terma jamoasi, stritbol turida esa Uy-joydan foydalanish xizmati jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, shaxmat-shashka bo‘yicha Qo‘zieva Xurshida hamda Fayzieva Dilafro‘z, darts bo‘yicha Hayitova Oysara, stol tennisi bo‘yicha Aminova Kamola, yengil atletikaning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha (500 metrga yugurish) Haqberdiyeva Elvira, (100 metrga yugurish) Shukurova Dilafro‘z hamda Mamanazarova Noila, (koptok uloqtirish) Yuldosheva Shaxnoza, (turgan joyda sakrash) Najmiddinova Jasminalar g‘alaba qozonishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz