O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida o'quv kursi tashkil etildi

“O'zbekneftgaz” AJning 2019 yil 19 martdagi 13-2361-sonli topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va “O'zbekneftgaz” AJ o'rtasida imzolangan ilmiy-amaliy hamkorlik to'g'risidagi kelishuvning ijrosini ta'minlash maqsadida majmua yoshlar ittifoqi Kengashi raisi U.Ismatov 2019 yilning 27 martidan 8 apreligacha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.

10041922.jpg

Mazkur o'quv kursi mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurdagi Davlat boshqaruv akademiyasi professor va o'qituvchilari ishtirokida “O'zgarishlarni boshqarish”, “Muzokaralar olib borish texnologiyalari. Muzokaralar samaradorligini oshirish usullari”, “Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida o'zgarishlarni boshqarish tasnifi”, “Risk – menejment. Xavf va xatarlar”,“Boshqaruvda axborot-kommunikaцiya texnologiyalari”, “O'zgarishlarni boshqarishda rahbarlik va liderlik”, “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar”, “Rahbarning tashkiliy funkцiyalari”, “Rejalashtirish va o'zgarishlarga tayyorgarlik” va boshqa shu kabi mavzularda seminar treninglar tashkil etildi.