Energiyadan oqilona foydalanish tashkilotlarga pul mablag‘lari va resurslar tejashga, atrof-muhit va iqlimga bo‘lgan aks ta’sirining kamayishiga yordam beradi.

ISO 50001 barcha sohadagi tashkilotlarni energiya boshqaruvi tizimini rivojlantirish orqali energiyadan yanada samarali foydalanishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

ISO 50001 doimiy takomillashtirishga qaratilgan boshqaruv tizimi modeliga asoslangan. ISO 9001 yoki ISO 14001 kabi boshqa taniqli standartlar bilan birgalikda foydalangan holda, bu tashkilotlarga energiya boshqaruvini sifat va atrof-muhitini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan birlashtirishga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori “Yo‘l xaritasi”ga binoan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etishning tarmoq grafigi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Muborak” gazni qayta ishlash zavodi, “Ustyurt” gazni qayta ishlash zavodi va “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasida xalqaro standart (ISO 50001) talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz