2017 yil 24 martda majmuaning katta majlislar zalida majmuada 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2016 yilda bajarilishi, mehnat konsultatsiyasi, doimiy komissiyasining dalolatnomasi to‘g‘risida, majmuaning amaldagi jamoa shartnomasiga 2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va korxona jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi komissiyani saylash yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Salaxitdinov, O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining raisi M.Ziyayev va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi F.Tursunov hamda sex, bo‘lim, tarmoq va xizmatlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan majmua kasaba uyushma qo‘mitasining raisining o‘rinbosari Yu.Botirov ma’ruza qildi va ma’ruza yuzasidan muzokaralarda majmuaning BGHT sexi boshlig‘i N.Turdiqulov, “Lochin” BDO boshlig‘i A.To‘raqulovlar so‘zga chiqishdi.

Mehnat jamoasining ushbu yig‘ilishida korxonaning amaldagi jamoa shartnomasini 2016 yilda bajarilishiga baho berilib yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar ko‘rsatib o‘tilganligi, ushbu kamchilik va xatolarni to‘g‘rilash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan ushbu jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mazkur konferensiyani tahliliy-tanqidiy ruhda, qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.