Xorijiy hamkorlar tashrifi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi – Energetika vaziri А.Sultanovning 2019 yil 29 iyulda tasdiqlangan topshirigʼiga binoan joriy yilning 05 avgust kuni “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish loyihasi va “Uzbekistan GTL” MChJ investitsion loyihalari bilan tanishi maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining “China Energy Invest Co.Ltd.” va “China Shenhua Coal to Liquid and Chemical Co. Ltd.” kompaniyalari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

 


Mehmonlarning majmuaga tashrifi mobaynida “Oʼzbekneftgaz” АJ departament boshligʼi А.Baxadirov va majmua bosh direktori Sh.Аslanovlar bilan oʼzaro uchrashuvdan boshlanib, mehmonlarni qiziqtirgan masalalar boʼyicha majmuaning asosiy ishlab chiqarish sexlarining va zavod markaziy laboratoriyasining ish faoliyati, tayyor polietilen mahsulotlarini omborxonalarda saqlanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi