Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami tantanalari viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayoniga uyg‘un va hamohang tarzda tashkil etilmoqda.
Jumladan, Shurtan gaz kimyo majmuasida tashkil etilgan "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" deb nomlangan Navro‘z sayli, har yilgidan-da, o‘zgacha bo‘ldi. Sayl ko‘rinishida kun davomida bo‘lib o‘tgan turli madaniy-ma’rifiy chiqishlar va sport musobaqalari ishchi-xodimlarga rostmanasiga madaniy xordiq chiqarish imkonini yaratdi.

Shurtan gaz kimyo majmuasi ma’muriyati va majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan bayram dasturi unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Majmuada tashkil etilgan Navro‘z bayrami erta sahardan Sumalak sayli tadbiri bilan boshlanib, Qarshi ixtisoslashgan san’at bilim yurti jamoasi chiqishlari, SHGKM fol’klor dastasi chiqishi, Momolarim merosi liboslar ko‘rgazmasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosilaxonim Rahimova ijrosida konsert dasturi hamda sport bellashuvlari doirasida "Navro‘z kubogi-2023" Mini-futbol hamda Voleybol musobaqalarining final bahslari bilan davom etdi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqalar natijasida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi:
Mini-futbol "Navruz kubogi-2023" bo‘yicha:
1-o‘rin "Qarshitermoplast" sexi jamoasi;
2-o‘rin "TST+IST" birlashgan jamoasi;
3-o‘rin Polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi.

Voleybol "Navro‘z kubogi-2023" bo‘yicha, erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin "ATX+NUA va A" birlashgan jamoasi;
2-o‘rin "BGHT+ICHDX" birlashgan jamoasi;
3-o‘rin Polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi.

Voleybol "Navro‘z kubogi-2023" bo‘yicha, ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin Maishiy xo‘jalik xizmati jamoasi;
2-o‘rin Ko‘kalamzorlashtirish sexi jamoasi;
3-o‘rin Uy-joydan foydalanish xizmati jamoasi.

Shuningdek, tadbir davomida milliy kurash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Milliy kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvlar, sport bellashuvlari orasida eng jozibadori bo‘ldi va tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Uzoq davom etgan kurashlar natijasida quyidagi polvonlar yuqori shohsupalarni band qilishdi:
1-o‘rin Jiyanov Farrux ("Geolog" M va SSM);
2-o‘rin Musurmonov Muhammad (Lochin BDO);
3-o‘rin Maxmaraimov Ural (Etilen ishlab chiqarish sexi).

Tadbir mehmonlari va majmua ishchi xodimlari uchun Navro‘z bayrami osh dasturxoni tayyorlandi va majmuaning Umumiy ovqatlanish sexi oshpazlari tomonidan tayyorlangan tansiq taomlar barcha ishtirokchilar uchun manzur bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir doirasida, Axrorbek Qo‘shmatov ishtirokida majmua xodimlari o‘rtasida “Qiziqarli bellashuvlar shousi” bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, tadbir doirasida Hunarmandlar ko‘rgazma va yarmarkalari tashkil etilib, saylning rosmana bayramona ruhda, unutilmas xotiralar bilan o‘tishiga xizmat qildi.

Tadbir yakunida yuqorida nomlari keltirilgan g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|