I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining regional tayyorgarlik bo'limi (RTB) Qashqadaryo viloyatida 2017 yilning oktyabridan buyon faoliyat ko'rsatmoqda. Birgalikdagi loyihaning birinchi yil amalga oshirilishi natijasida viloyatning 43 nafar bitiruvchisi I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali birinchi kurslariga qabul qilindi. RTB ning 2018-2019 yillar uchun tayyorlov bo'limida maqsadli tayyorgarlik ko'rish uchun 217 nafar talaba, maktab o'quvchilari uchun qo'shimcha kurslarda 36 o'quvchilar qabul qilindi.

020420192.jpg

RTB ning asosiy vazifasi regionda neft va gaz sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir. Neft-gaz sanoati kasbini tanlashda kasbiy o'zini o'zi belgilash, shuningdek, yosh avlodda mehnatsevarlik va kasbiy mas'uliyatni shakllantirish maqsadida, RTB da "Munosib mamlakat uchun munosib kadrlar" mavzulari haftaligi kurs eshituvchilariga o'tkaziladi. Shu munosabat bilan, kasb-hunarga yo'naltirilgan faoliyatni amalga oshirish uchun o'zlarining o'qishlarida eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan 40 nafar talabalarga "Sho'rtan" gaz kimyo majmuasini borib ko’rish imkoniyati berildi. 2019 yil 27 mart va 29 martlarda RTB talabalari Sho'rtan gaz kimyo majmuasiga tashrif buyurishdi.

020420193.jpg

Majmuaning barcha jamoasi tinglovchilarni munosib qabul qilib, ShGKM faoliyatining asosiy va ustuvor yo'nalishlari, mahsulotlari va rivojlanish istiqbollari haqida so'zlab berishdi. Shuningdek, ishtirokchilar muzeyda bo’lishdi, ular ShGKM tarixi bilan tanishishdi. O'zlarining javoblarida RTB talabalari munosib bo'lishlari va barcha qiyinchilik va to'siqlarni yengib o'tib, murabbiylarning an'analarini saqlab qolib va davom ettirishga va'da berishdi!4 rasm

020420194.jpg

.

020420195.jpg