GTL zavodida xom ashyo gaz quvurini montaj qilish ishlari olib borilmoqda

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metan gazi bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining xom ashyo gaz quvurini montaj qilish ishlari jadal olib borilmoqda

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metan gazi bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasi bo‘yicha "Uzbekistan GTL" zavodini xom ashyo gazi bilan ta’minlash quvurining qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi to‘liq ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.


"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz